Ibrohim Rahim

Shoir, Yozuvchi
Ibrohim Rahim
Tavallud sanasi:
1916 Oktyabr 15
Vafot sanasi:
2002 yil

Yozuvchi Ibrohim Rahimning ijodiy faoliyati asarlar, romanlar, qissalar, dostonlar va dramalar yozish bilan o‘tdi. Adib «Farhodning jasorati» kinofilmining stsenariy muallifi hamdir. Ibrohim Rahim «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi», «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» unvonlari bilan taqdirlangan. Adib O‘zbekiston mustaqilligining besh yilligi va tug‘ilgan kunining 80 yilligi munosabati bilan «Do‘stlik», so‘ngra «El-yurt hurmati» ordenlari bilan mukofotlangan.

Tarjimai hol

Taniqli yozuvchi va jurnalist Ibrohim Rahim 1916 yilning 15 oktyabrida Farg‘ona viloyatining Quva tumanida dunyoga keladi. Uch yoshida otadan yetim qolib, onasi To‘xtabibi tarbiyasida voyaga yetadi. Adabiyotga ixlos ham Ibrohim Rahimda onasi tufayli uyg‘onadi. Ana shu ixlos uni 1933 yilda Toshkentga yetaklab keladi.

Ibrohim Rahim dastlab «Kolxoz yo‘li» nomli gazetada faoliyat ko‘rsatadi. Uning ilk asarlari shu davrdan boshlab dunyo yuzini ko‘radi. Matbuotda uning she’r, ocherk va hikoyalari bosila boshlaydi. U ikki urushda - Finlandiya va Germaniya fashizmi bilan bo‘lgan janglarda (1937-1945) qatnashgan. Ibrohim Rahim o‘zbek tilida chiqadigan front gazetalariga muharrirlik qilgan. Jangchilarimizning otashin vatanparvarliklarini aks ettiruvchi ocherk, hikoya, xabarlar yozgan.

1946 yilda harbiy xizmatdan qaytgan adib respublikamizdagi gazeta va jurnal tahririyatlarida ishlab keldi.

Ibrohim Rahim 2002 yilda vafot etdi.

Ibrohim Rahim O‘zbekiston radiokomitetida (1946-1947) mas’ul lavozimda xizmat qilgan, «O‘zbekiston ovozi» (sobiq «Qizil O‘zbekiston») gazetasida muharrir (1950-1961), «O‘zbekfilm» kinostudiyasida rahbar (1960-1966), «Guliston» (1966-1970), «Mushtum» (1976-1982) jurnallarida bosh muharrir vazifalarida ishlagan. Yozuvchining ijodiy faoliyati 1938 yildan boshlanadi. Birinchi yirik asari chegarachilar hayotidan yozilgan «Bahodir» (1939) dostonidir.

Faoliyati

Ibrohim Rahim 1953 yili «Hayot buloqlari» romanini yozdi. Keyinchalik bu asar adabiy tanqidchilarning fikr va mulohazalari asosida qayta ishlanib, «Ixlos» (1958) nomi bilan chop etildi. Ibrohim Rahim «Chin muhabbat» (1958), «Fidoyilar» (1972), «General Ravshanov» (1985) kabi romanlarida Ikkinchi jahon urushi qahramonlarining jangovar hayotini aks ettirdi.

1966 yilgi Toshkent zilzilasi va uning oqibatlarini mardonavor tugatish yozuvchining «Tinimsiz shahar» (1968) romaniga mavzu bo‘lib xizmat qilgan.

Uning «Taqdir» romani esa yangi shahar qurilishiga bag‘ishlangan. Muallifning «Hilola» (1960) qissasi xotin-qizlarning jamoa xo‘jaligidagi o‘rni, ularni rahbarlik lavozimlariga ko‘tarish, jamoa xo‘jaligi iqtisodiyotini yuksaltirish singari davrning muhim muammolarini badiiy hal qilishga qaratilgan.

Yozuvchining «Zangori kema kapitani», «Olovkor» (1960) qissalarida ham kishilarimizning yuksak ma’naviy qiyofasi, mehnatdagi qahramonliklari aks etgan. «Oqibat» nomli romani uchun yozuvchiga Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berilgan (1983).

Ibrohim Rahim «Jonim fido» va «Chaqmoq» nomli dramalar ham yaratgan (1974). «Chaqmoq»da Belorussiya o‘rmonlarida nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashgan o‘zbek yigiti Mamadali Topiboldiyev obrazi yaratilgan. Adib «Farhodning jasorati» kinofilmining stsenariy muallifi hamdir.

Ibrohim Rahim «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi», «O‘zbekiston xalq yozuvchisi» unvonlari bilan taqdirlangan.

Adib O‘zbekiston mustaqilligining besh yilligi va tug‘ilgan kunining 80 yilligi munosabati bilan «Do‘stlik», so‘ngra «El-yurt hurmati» ordenlari bilan mukofotlangan.

Manbaa: http://people.ziyonet.uz/uz/person/view/ibrohim_rahim
Sayt foyda berdi!
87283 ta odamga sayt foyda berdi 😊

Loyihalarimiz

Izoh.uz — O‘zbek tilining xalqona izohli lug‘ati. So‘zlarning ma’nolari, ibora va misollar bilan keltirilgan.

Izoh.uz — Это народный толковый словарь узбекского языка с подробными определениями и примерами для каждого слова.

izoh.uz

TVinfo.uz — Bugun, ertaga va keyingi hafta uchun to‘liq teledasturlar.

TVinfo.uz — Телепрограмма на сегодня, завтра и ближайшую неделю.

tvinfo.uz

DostavkaInfo — Taomlar, dorilar, kitoblar va boshqa uy uchun kerakli bo‘lagan narsalarni yetkazib berish xizmatlari bor servislar.

DostavkaInfo — Каталог сервисов, предлагающих доставку еды, лекарств, книг и товаров для дома.

dostavkainfo.uz

Imlo.uz — Орфографический словарь узбекского языка позволяющий проверить правописание узбекских слов на латинице и кириллице. В базе более 87 000 слов.

Imlo.uz — O‘zbek tilining imlo lug‘ati. Saytda 85 000 ortiq so‘z bor.

imlo.uz

Lotin.uz — foydalanuvchilarga berilgan matnni lotindan kirillga va aksincha o‘girish xizmatini taklif etadi.

Lotin.uz — поможет транслитерировать с узбекской кириллицы на латиницу и обратно. Легко!

lotin.uz

Maqol va naqllarning eng katta kolleksiyasi. Har bir maqol uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz).

Самая большая коллекция пословиц и поговорок на трёх языках (узбекский, русский, английский).

maqollar.uz

Har kuni eng sara latifalar va kulguli rasmlar. O‘zbek tilidagi kulgu markazi!

Ежедневно только отборные анекдоты, смешные картинки. Кузница юмора на узбекском языке!

latifa.uz

Valyutani yuqori kursda almashtirish uchun yaqin punktlarni aniqlab beruvchi servis. Punkt joylashuvini kartada ko‘rsatadi.

Сервис, помогающий найти ближайшие пункты обмена валюты с выгодным курсом. Покажет местоположение пункта прямо на карте.

onmap.uz

O‘zbekcha telegram kanallarining eng katta katalogi. Faqt faol kanallar, ruknlarda va batafsil statistikasi bilan.

Самый большой каталог телеграм каналов в Узбекистане. Только активные каналы по категориям и с подробной статистикой.

uztelegram.com

O‘zbek tilida savodli yozishni biz bilan boshlang.

С нами вы научитесь грамотно писать на узбекском языке.

sarlavha.com

O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati. Saytda 3300 tadan ortiq so‘zlar, 900 ga yaqin sinonim so‘zlar to‘plamiga jamlangan.

Словарь синонимов узбекского языка на нашем сайте содержит более 3300 слов и 900 синонимов.

sinonim.uz
Сайтда реклама бериш
© Ismlar.com — O‘zbek va dunyo ismlarining ma‘nosi. Ismlar manosi, 2008–2024
Obuna va GoodGroup loyihasi